Uz
En Ru
DEC 06 / 15   

ROISON HOME WHITE GOODS

2015-yilda, Jizzax sanoat zonasida "Roison Home White Goods" O'zbek-Britan qo'shma korxonasi yaratildi. Kompaniya keng turdagi zamonaviy elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

U Roison va Candy kabi mashhur brendlar ostida sovutkichlar, televizorlar, konditsionerlar, gaz plitalari, duxovkalar, plitalar, dudbo'ronlar, mini-pechlar va kir yuvish mashinalari kabi yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Bugungi kunda "Roison Home White Goods" O'zbekistonning maishiy texnika va elektronika bozorida barqaror mavqega erisha oldi va o'zini butun O'zbekiston bo'ylab firma do'konlarning keng tarmog'iga ega, yuqori sifatli tele-video, audio va boshqa turdagi uy jihozlarini ishlab chiqaruvchi sifatida tanitdi.