Uz
En Ru

Biz haqimizda

Roison 15 yildan beri O'zbekiston bozorida faoliyat olib bormoqda
Biz haqimizda
2002-yilda tashkil etilgan Roison Kompaniyasi maishiy-texnika va elektronika bozorida yetakchilik qilmoqda.

Bugungi kunda Roison Elektroniks yuqori sifatli televizorlar, video-audio texnikalar va boshqa maishiy-texnika ishlab chiqaruvchi sifatida o'zini namoyon qildi va O'zbekiston bozorida mustahkam o'rin egalladi.

Bizning bugungi kundagi asosiy maqsadimiz: barcha mahsulotlar va xizmat ko'rsatish sifatini doimiy yaxshilab borish, o'z muvozanatiga ega marketing strategiyasi hamda mijozlarimiz va foydalanuvchilarimiz manfaatlarini himoya qilishdir.

O'zbekiston bozoriga xalqaro standartlarga va ekologik talablarga javob beruvchi yuqori sifatli mahsulotlar yetkazib berish uchun kompaniyamiz mutaxassislari xorijiy va mahalliy ekspertlarning tajribalariga ega bo'ldilar.

Bu biz o'z oldimizga qo'ygan muhim maqsadlarimizdan biridir. Ishonamizki, bizning texnologiyalarimiz bugun O'zbekiston aholisiga xizmat ko'rsatadi.

Kompaniyamiz mutaxassislari doimo o'z malakalarini oshirib boradilar va bu maishiy-texnika bozoridagi o'zgaruvchan holatlarga moslashish imkonini beradi. Biz e'tiborni dizayn, aksessuar va reklama kompaniyalariga qaratgan holda, asosiy sifat ko'rsatkichi ilgarigidek yuqori saviyada bo'lishini ta'minlaymiz. Ushbu ko'rsatkich barcha talablar va standartlarga javob beradi.